Ovqatlanish shahobchalariga qoʻyiladigan gigiyenik talablar
🧼 Tozalik va sanitariya
♻️Oshxona, stol-stullar va jihozlar doimo toza saqlanishi kerak.
♻️Har kuni nam tozalash va dezinfeksiya ishlari olib boriladi.
♻️Chiqindilar yopiq idishlarda saqlanib, o‘z vaqtida olib chiqiladi.
👨🍳 Xodimlarga qoʻyiladigan talablar
✅Xodimlar maxsus toza kiyimda ishlashi kerak.
✅Qoʻllar muntazam sovunlab yuviladi.
✅Tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi shart.
✅Yuqumli kasalligi bor xodim ishlamasligi kerak.
🍲 Oziq-ovqat mahsulotlariga talablar
‼️Mahsulotlar sifatli va yaroqlilik muddati o‘tmagan bo‘lishi kerak.
‼️Xom va tayyor mahsulotlar alohida saqlanadi.
‼️Go‘sht, sut, baliq mahsulotlari sovutkichda saqlanishi zarur.
🌡 Saqlash va tayyorlash sharoiti
❕Issiq taomlar issiq holda, sovuq mahsulotlar esa sovuq haroratda saqlanadi.
❕Ichimlik suvi toza va xavfsiz bo‘lishi kerak.
❕Ovqat tayyorlashda gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilinadi.
🪑 Mijozlar uchun qulaylik
🔆Zal yorug‘ va shamollatiladigan bo‘lishi kerak.
♻️Stol anjomlari toza holda taqdim etiladi.
❌Hasharot va kemiruvchilarga qarshi choralar ko‘riladi.
⚠️ Gigiyena qoidalariga amal qilinmasa:
📌Ovqatdan zaharlanish;
📌Ichak yuqumli kasalliklari;
📌Salmonellyoz va boshqa infeksiyalar kelib chiqishi mumkin.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum