Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi

O‘zbekiston Respublikasi

 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo’mitasi Qarshi  tuman bo‘limining

2023 yil “___” ___________

 

 

Qashqadaryo viloyat  Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo’mitasi Qarshi tuman bo‘limining murojaatlar bilan ishlash  to‘g‘risida

NIZOM

 

1-bob. Umumiy qoidalar.

 

  • Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo’mitasining (keyingi o‘rinlarda Sanepidqo’m) murojaatlar bilan ishlash bo‘limining maqomini, asosiy vazifalarini, funksiyalarini, huquqlarini, javobgarligini, faoliyat va hisobot yo‘nalishlarini belgilaydi.

1.2. Bo‘lim Qashqadaryo viloyat Sanitariya-epidemiologiya qo’mitasining Qarshi tuman bo‘limining tarkibiy qismi hisoblanib, faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 11 sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-sonli qonuniga muvofiq tashkillashtiradi. Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig‘iga bo‘ysunadi.

1.3. Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruq va ko‘rsatmalari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachining qarorlari, sog‘liqni saqlash masalalariga oid xalqaro shartnomalar va mazkur Nizomga asosan faoliyat yuritadi.

1.4. Bo‘lim vakolati doirasida Qashqadaryo viloyat Sanitariya-epidemiologiya qo’mitasining Qarshi tuman bo‘limi Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududiy bo‘limlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirib, ularning yagona tizimini tashkil etadi va aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasida yagona davlat siyosatini olib boradi, davlat dasturlari va boshqa dasturlarni amalga oshirish faoliyatlarini muvofiqlashtiradi.

1.5.Bo‘lim xodimlari faoliyatini lavozim yo‘riqnomalari, Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan ish rejalari asosida olib boradi.

1.6. Bo‘limdagi (sanitariya vrachi, epidemiolog vrach) lavozimlarda tibbiyot oliygohlarining “Tibbiy-profilaktika ishi” fakultetini tamomlagan sanitariya-epidemiologiya vrach mutaxassisligiga ega bo‘lgan vrachlar faoliyat yuritadi.

 

2-bob. Bo‘limning  vazifalari.

 

2.1. Bo‘lim faoliyatini “O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati to‘g‘risida”gi nizomga, mazkur nizomga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda tashkil etiladi.

2.2. Bo‘lim Qashqadaryo viloyat Sanitariya-epidemiologiya qo’mitasining Qarshi tuman bo‘limining hokimliklarining tegishli bo‘linmalari bilan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari sohasida o‘zaro hamkorliklarni amalga oshiradi.

2.3. Bo‘lim turli xil yo‘nalishlar bo‘yicha ish reja va faoliyatining rivojlanishi istiqbollarini ishlab chiqadi.

2.4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan, Bosh prokuratura “Ishonch telefoni”dan, Sog‘liqni saqlash vazirligi “Ishonch telefoni”dan kelib tushayotgan murojaatlarni ijrosini ta’minlash uchun hududiy bo‘limlariga yuborib, monitoring va nazoratini amalga oshiradi.

2.5. Sohada murojaatlar bilan ishlashni takomillashtirish vazifalarini amalga oshirishni tashkil etadi.

2.6. Bo‘lim Qashqadaryo viloyat Sanitariya-epidemiologiya qo’mitasining Qarshi tuman bo‘limining Sanitariya-epidemiologiya qo’mitasining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha mas’ul kadrlar malakasini oshirishini tashkillashtiradi.

 

                       3-bob. Bo‘limning funksiyalari.

 

3.1. Tarkibiy bo‘linmalar tomonidan murojaatlarning ko‘rib chiqilishini doimiy nazorat qiladi va uning monitoringini olib boradi, ularning o‘z vaqtida va zarur tarzda ko‘rib chiqilishini ta’minlash chora-tadbirlarini olib boradi.

3.2. Monitoring natijalari bo‘yicha har oyda rahbar va rahbar o‘rinbosarlariga murojaatlar ko‘rib chiqilishining holati to‘g‘risidagi axborotni, zarurat bo‘lganda, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ygan quyi tizim rahbari, tashkiloti xodimlariga nisbatan javobgarlik choralarini ko‘rish yuzasidan tegishli takliflar kiritadi va har chorakda murojaatlarning tahlilini tayyorlab, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tavsiya-topshiriqlar yuboradi.

3.3. Bo‘lim murojaatlar bilan ishlashda elektron hujjat aylanishi tizimidan foydalanishni joriy etishi mumkin.

3.4.   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasi va Hukumat portali orqali kelib tushgan murojaatlar elektron shaklda, viloyat, shahar va tuman Xalq qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlar yozma va (yoki) elektron shaklda yuritiladi.

3.5. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatida ko‘rsatilgan masalalarini har tomonlama va o‘z vaqtida hal qilish maqsadida, murojaatlarda ko‘rsatilgan masalalarni ko‘rib chiqish (hal qilish) bir nechta davlat organlari va tashkilotlarning vakolatiga kirsa, boshqa davlat organlari va tashkilotlarga jismoniy va yuridik shaxsning murojaatini kollegial eshitishni tashkil qiladi.

3.6. Sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tegishli takliflar kiritadi.

3.7. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining asosiy tadbirlar rejasiga asosan, sanitariya-epidemiologiya kengashi, hay’at hamda videoselektor yig‘ilishlariga virtual tizim orqali kelib tushgan murojaatlar yuzasidan ma’lumotlar tayyorlanib, muhokamaga kiritiladi.

3.8. Sanitariya-epidemiologiya xizmati sohasida faoliyat yurituvchi boshqa idoralar va quyi tizimning (hududiy tashkilotlari) tegishli tarkibiy bo‘linmalari faoliyatining uslubiy boshqaruvini muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi hamda quyi tizimning (hududiy bo‘linmalari) ishiga rahbarlik qiladi.

3.9. Bo‘lim Qashqadaryo viloyat Sanitariya-epidemiologiya qo’mitasining Qarshi tuman bo‘limining Sanitariya-epidemiologiya xizmatida murojaatlar bilan ishlash tizim faoliyatini takomillashtirish, murojaatlarni o‘z vaqtida sifatli o‘rganib chiqilishi bo‘yicha amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatadi.

3.10. Sanitariya-epidemiologiya qo’mitasining tarkibiy bo‘linmalari va quyi tashkilotlari rahbarlariga faoliyat bo‘yicha qonun buzilish holatlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan tahliliy ma’lumotlar tayyorlab, Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig‘i muhokamasiga kiritadi.

3.11. Sanitariya-epidemiologiya xizmatining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha uslubiy materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish jarayonida ishtirok etadi.

3.12. O‘z vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar o‘tkazish hamda boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan shunday tadbirlarda ishtirok etadi.

 

4-bob. Bo‘lim xodimlarining huquqlari:

 

4.1. Bo‘lim xodimlari “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonuni va mehnat kodeksida ko‘rsatilgan barcha huquqlarga ega.

4.2. Bo‘lim o‘z faoliyatini yaxshilash maqsadida takliflar kiritadi.

4.3. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo’mitasining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan ish faoliyati uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni so‘rab oladi.

4.4. Sanitariya-epidemiologiya qo’mitasining barcha majlis, yig‘ilish va boshqa tadbirlarida qatnashadi.

4.5. Operativ masalalarni hal etishda boshqa boshqarma va bo‘lim xodimlari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi.

4.6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoiyshlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash to‘g‘risidagi” 12-sonli, Sog‘liqni saqlash vazirligining 1999 yil 12 apreldagi “Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida ish yuritish bo‘yicha Yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida” 234-sonli va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2008 yil 30 yanvardagi “Tashkiliy-boshqaruv hujjatlarini tuzish bo‘yicha Qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida” 30-sonli buyruqlariga muvofiq Sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning tarkibiy muassasalarida murojaatlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish huquqiga ega.

 

5-bob. Bo‘lim xodimlarining majburiyatlari.

 

5.1. Ish faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga rioya qilish hamda yuklatilgan vazifalarni talab darajasida bajarish.

5.2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish, Sanitariya-epidemiologiya xizmati tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil
5 oktyabrdagi “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3962-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida”gi PQ–2881-sonli qaroriga va Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli qaroriga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli  ijrosini ta’minlash va amalga oshirilishini nazorat qilish.

 

6-bob. Bo‘limning vakolatlari.

 

6.1. Bo‘lim mudiri tizimli ravishda bo‘lim faoliyati bo‘yicha Sanitariya-epidemiologiya qo’mitasi boshlig‘iga hisobot beradi.

6.2. Sanitariya-epidemiologiya xizmatining tarkibiga kiruvchi quyi tizim bo‘linmalari zimmalariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi bo‘yicha ular faoliyati yuzasidan muntazam nazorat olib boradi, ularning faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi va har chorakda viloyat (QR, Toshkent shahar) sanitariya-epidemiologiya kengashi muhokamasiga material tayyorlab kiritadi.

6.3. Nazorat va baholash yakunlari bo‘yicha alohida o‘rnak ko‘rsatgan mansabdor shaxslar va xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha taklif kiritadi yoki yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan javobgarlikka tortish yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo’mitasi boshlig‘iga taklif kiritadi.

 

7-bob. Yakuniy qoidalar.

 

7.1. Bo‘lim qonunda belgilangan hujjatlar asosida  qayta tashkil etiladi va tugatiladi.

7.2. Ushbu Nizom talablarini buzgan xodimlar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.