Dizenteriya kasalligi haqida
❓Dizenteriya nima?
✅Dizenteriya — ichakning yuqumli kasalligi bo‘lib, asosan yo‘g‘on ichakni zararlaydi. Kasallik ko‘pincha bakteriyalar (ayniqsa Shigella) yoki ayrim parazitlar orqali kelib chiqadi.U iflos qo‘l, toza bo‘lmagan suv va oziq-ovqat orqali yuqadi.
❓Asosiy belgilari qanday?
Tez-tez ich ketishi;
Najasda qon yoki shilliq aralashishi;
Qorin og‘rig‘i va sanchiq;
Isitma;
Holsizlik;
Ko‘ngil aynishi va qayt qilish.
❓Kasallik qanday yuqadi?
Qo‘lni yuvmaslik;
Qaynatilmagan suv ichish;
Yuvilmagan meva-sabzavot iste’moli;
Sanitariya qoidalariga amal qilmaslik;
Kasallangan odam bilan yaqin aloqa;
✅Oldini olish choralari
Ovqatdan oldin va hojatxonadan keyin qo‘lni sovun bilan yuvish;
Faqat toza va qaynatilgan suv ichish;
Meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvish;
Ochiq joydagi sifatsiz ovqatlardan saqlanish;
Oziq-ovqatlarni to‘g‘ri saqlash.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum