Sanepidqo’mita Qarshi tuman boʻlimi boshlig’i I.B.Mashtinov tomonidan majlislar zalida barcha ishchi xodimlar uchun yig’ilish tashkil etildi.
Yigʻilish davomida Kerayt MFY Mullaquvvat qishlogʻida yashovchi fuqaro ICD-10: A98.0 kasallikka gumon qilinganligi va tumanda bolalar orasida ayniqsa,Mevazor MFYda qizamiq kasalligi koʻplab qayd etilayotgani haqida soʻz bordi.
Shuningdek, Qrim-kongo Gemorragik isitma kasalligining kelib chiqish sabablari, yuqish yoʻllari, profilaktikasi toʻgʻrisida va Qizamiq kasalligi uning klinik belgilari, yuqish yoʻllari, profilaktikasi va bolalar orasida emlash ishlarini samarali tashkillashtirish va emlash ishlarini nazorat qilish toʻgʻrisida vazifalar berildi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum