Parazitologiya laboratoriyasida qanday işlar amalga oşiriladi?
Parazitologiya laboratoriyasida bajariladigan asosiy ishlar:
Najas tahlili – ichak parazitlari, gijja tuxumlari va sodda jonivorlarni aniqlash.
Qon tahlili – bezgak plazmodiysi va boshqa qon parazitlarini aniqlash.
Mikroskopik tekshiruv – parazit tuxumlari, lichinkalari va sistalarini mikroskop ostida o’rganish.
Laboratoriya preparatlarini tayyorlash – surtma, nam preparat va bo’yalgan preparatlar tayyorlash.
Parazitlarni identifikatsiya qilish – ularning turi va morfologik xususiyatlarini aniqlash.
Tahlil natijalarini rasmiylashtirish – tekshiruv natijalarini qayd etish va shifokorga taqdim qilish.
Qaysi parazitlar aniqlanadi?
Askarida – ichakda yashovchi yumaloq gijja.
Ostritsa – enterobioz kasalligini keltirib chiqaradi.
Lyambliya – ichakda parazitlik qiluvchi sodda jonivor.
Plazmodiy – bezgak kasalligini keltirib chiqaruvchi parazit.
Laboratoriyada ishlashda xavfsizlik qoidalari
Maxsus xalat va qo’lqop kiyish.
Biologik namunalar bilan ehtiyotkorlik bilan ishlash.
Ish joyini dezinfeksiya qilish.
Ishlatilgan materiallarni belgilangan tartibda zararsizlantirish.
Mikroskop va boshqa jihozlardan to’g’ri foydalanish.
Xulosa: Parazitologiya laboratoriyasining asosiy vazifasi parazitar kasalliklarni laboratoriya usullari yordamida aniqlash va tashxis qo’yishga yordam berishdir.
Sanepidqömita Qarşi tuman bölimi Axborot xizmati
https://t.me/sanepidqom_qarshitum