Botulizmdan ehtiyot bo‘ling! ⚠️

Botulizmdan ehtiyot bo‘ling! ⚠️

Botulizm — juda xavfli, hayot uchun tahdid soluvchi zaharlanish kasalligi.
Quyidagi ehtiyot choralariga amal qiling:
Uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini ehtiyotkorlik bilan iste’mol qiling.
Qopqog‘i shishgan, oqayotgan yoki hidi o‘zgargan konservalarni yemang.
Go‘sht, baliq va qo‘ziqorin konservalariga alohida e’tibor bering.
Shubhali mahsulotni tatib ham ko‘rmang.
Konserva mahsulotlarini to‘g‘ri tayyorlash va saqlash qoidalariga rioya qiling.

Xavfli belgilar:

Ko‘rish xiralashishi, ikki ko‘rish, ko‘z qovoqlarining tushishi, yutish va gapirish qiyinlashishi, mushaklar zaiflashishi kuzatilsa, zudlik bilan tez yordamga (103) murojaat qiling.

Unutmang: botulizmni uyda davolash mumkin emas. Shubhali mahsulotni iste’mol qilish sog‘liq va hayot uchun xavflidir!

Sanepidqömita Qarşi tuman bölimi Axborot xizmati

https://t.me/sanepidqom_qarshitum