🌍 OIV infeksiyasining onadan bolaga yuqishining oldini olish mumkin!

🌍 OIV infeksiyasining onadan bolaga yuqishining oldini olish mumkin!

OIV infeksiyasi homiladorlik davrida, tug‘ruq vaqtida va emizish orqali onadan bolaga yuqishi mumkin. Ammo o‘z vaqtida tekshiruvdan o‘tish va tegishli davolash choralarini ko‘rish orqali yuqish xavfini sezilarli darajada kamaytirish mumkin.❤️

✅ Nimalarga e’tibor berish kerak?

🔹 Homiladorlik davrida OIV testidan o‘tish.
🔹 OIV aniqlangan taqdirda, shifokor tavsiyasiga muvofiq antiretrovirus terapiyasini (ART) o‘z vaqtida boshlash va muntazam davom ettirish.
🔹 Homiladorlik va tug‘ruq jarayonida tibbiyot xodimlari tavsiyalariga amal qilish.
🔹 Chaqaloqqa OIV yuqishining oldini olish uchun belgilangan profilaktik davolashni ta’minlash.
🔹 Bolani oziqlantirish bo‘yicha shifokor bilan maslahatlashish va tavsiya etilgan usulga amal qilish.

💚 Unutmang! OIV bilan yashayotgan ayol ham sog‘lom farzand ko‘rishi mumkin.Buning uchun erta tashxis, muntazam davolanish va malakali tibbiy yordam muhim ahamiyatga ega.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum