Sanepidqoʻmita Qarshi tuman boʻlimi Bakteriologiya laboratoriyasida bakteriolog vrach G.Rahmonova tomonidan Havo tomchi infeksiyasi tahlili oʻtkaziladigan xonada tomoq, burundan olingan surtmadan stafilokokkni aniqlash jarayoni.
Tomoq va burundan stafilokokkni aniqlashdan asosiy maqsad-Staphylococcus aureus bakteriyasi mavjudligini aniqlash va uning kasallik keltirib chiqarish ehtimolini baholash.
Nima uchun bu tahlil topshiriladi?
1.Infeksiya sababini aniqlash.
Tomoq og‘rig‘i, yallig‘lanish yoki yiringli jarayonlarda stafilokokk sababchi ekanini tekshirish uchun.
2.Bakteriya tashuvchiligini aniqlash.
Odamda kasallik alomatlari bo‘lmasa ham, burun yoki tomog‘ida stafilokokk bo‘lishi mumkin.
3.Davolashni to‘g‘ri tanlash. Zarur bo‘lsa, bakteriyaning antibiotiklarga sezgirligi aniqlanib, samarali dori tanlanadi.
4.Qaytalanuvchi infeksiyalar sababini tekshirish.
Tez-tez takrorlanadigan ayrim yiringli infeksiyalarda stafilokokkni tekshirish foydali bo‘ladi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum