Mutaxassis maslahati: Emlash yuqumli kasalliklarni oldini olishda samarali usul

Mutaxassis maslahati: Emlash yuqumli kasalliklarni oldini olishda samarali usul



✅Emlash inson salomatligini himoya qilishning eng ishonchli va samarali usullaridan biridir.

✅Vaksinalar organizmning immun tizimini ma’lum kasalliklarga qarshi himoya hosil qilishga yordam beradi. Natijada, inson kasallikka chalingan taqdirda ham uni yengil o’tkazishi yoki umuman kasallanmasligi mumkin.

✅Mutaxassislar tavsiyasiga ko’ra, bolalar va kattalar belgilangan emlash taqvimiga muvofiq vaksina olishlari zarur. Bu nafaqat shaxsiy salomatlikni, balki jamiyatda yuqumli kasalliklarning tarqalishini ham kamaytiradi. Ayniqsa, qizamiq, poliomiyelit, ko’kyo’tal, difteriya va gepatit B kabi kasalliklarning oldini olishda emlash muhim ahamiyatga ega.

✅Vaksinalar qo’llashdan oldin qat’iy ilmiy sinovlardan o’tkaziladi va ularning xavfsizligi hamda samaradorligi muntazam nazorat qilinadi. Ba’zi hollarda emlashdan keyin yengil isitma yoki ukol qilingan joyda og’riq kuzatilishi mumkin, biroq bu odatda qisqa muddatli va tabiiy holat hisoblanadi.

✅Sog’lig’ingizni va yaqinlaringiz salomatligini asrash uchun shifokor tavsiyalariga amal qiling hamda emlashlarni o’z vaqtida qabul qiling.

✅O’z vaqtida emlanish — sog’lom kelajak sari muhim qadamdir.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum