Sanepidqoʻmita Qarshi tuman boʻlimi majlislar zalida 1.07.2026-yil kuni Oʻzb.Res.SSV huzuridagi Mikrobiolaboratoriya hamda tibbiy koʻrikdan oʻtkazish,nazorat qilish boʻyicha qoʻmitaning Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha bosh mutaxassisi (qoʻmitaning ishchi guruhi a’zosi) F.Tursunov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va ichki xavfsizlik boʻyicha bosh mutaxassisi B. Eronov tomonidan barcha ishchi-xodimlar uchun «Korrupsiyaga qarshi kurash,korrupsiyaning oldini olish»masalalariga bagʻishlangan yigʻilish tashkil etildi.
📌Yigʻilish davomida korrupsiyaga qarshi kurash, sohada korrupsiyaning oldini olish, xodimlar faoliyati davomida halollik va shaffoflik tamoyillarini qaror toptirish borasida atroflicha ma’lumotlar berildi.
📌Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurash tuzilmasi, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ialohotlar,qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar haqida ma’lumotlar berildi.
📌Bundan tashqari, Korrupsiyaning jamiyat va iqtisodiyot taraqqiyotiga salbiy ta’siri, aholining davlat organlariga ishonchi pasayishi,aholi manfaatlariga zarar yetkazilishi haqida tushuntirishlar berildi.
📌Har bir xodim oʻz ish faoliyati davomida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashi,sidqidildan,halol va vijdonan oʻz xizmat vazifasini bajarishi, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymasliklari haqida ta’kidlandi.
Sanepidqoʻmita Qarshi tuman boʻlimi Axborot xizmati
https://t.me/sanepidqom_qarshitum