🚨 O‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining salbiy oqibatlari

🚨 O‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining salbiy oqibatlari

O‘tkir yuqumli ichak kasalliklari inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi.

Ularning asosiy salbiy tomonlari:

❗️ Kuchli ich ketishi va qayt qilish natijasida organizm suvsizlanadi.
❗️ Tana kuchsizlanib, mehnat va o‘qish qobiliyati pasayadi.
❗️ Bolalar, keksalar va homilador ayollarda kasallik og‘ir kechishi mumkin.
❗️ Davolanmasa, og‘ir asoratlar, hatto hayot uchun xavfli holatlar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud.
❗️ Kasallik tez tarqalishi sababli oila va jamoada boshqalarga ham yuqishi mumkin.

🛡️ Oldini olish uchun:

✅ Qo‘llarni sovun bilan muntazam yuving.
✅ Faqat toza va xavfsiz ichimlik suvidan foydalaning.
✅ Meva va sabzavotlarni yaxshilab yuving.
✅ Ovqatni to‘g‘ri saqlang va yetarli darajada pishiring.
✅ Kasallik belgilari kuzatilsa, o‘z vaqtida shifokorga murojaat qiling.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum