Brutsellyoz kasalligining yuqish yoʻllari qanday?
Kasallik quyidagi yo’llar bilan yuqishi mumkin:
Xom yoki pasterizatsiya qilinmagan sut va sut mahsulotlarini iste’mol qilish.
Kasallangan hayvonning qoni, to’qimasi yoki ajralmalari bilan bevosita aloqa qilish.
Kam hollarda bakteriyalarni nafas orqali yutish.
Asosiy belgilari:
Isitma (ko’pincha to’lqinsimon);
Kuchli terlash, ayniqsa kechasi;
Holsizlik va tez charchash;
Mushak va bo’g’imlarda og’riq;
Bosh og’rig’i;
Ishtahaning pasayishi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum