Oʻtkir yuqumli ichak kasalliklaridan ehtiyot boʻling!
O‘tkir yuqumli ichak kasalliklari (dizenteriya, salmonellyoz, rotavirus infeksiyasi va boshqalar) asosan ifloslangan suv, oziq-ovqat va gigiyena qoidalariga rioya qilinmaganda tarqaladi.
Kasalliklarning oldini olish uchun:
Qo‘llarni sovun bilan ovqatdan oldin va hojatxonadan keyin yaxshilab yuving.
Faqat toza va xavfsiz ichimlik suvidan foydalaning.
Meva va sabzavotlarni iste’mol qilishdan oldin yaxshilab yuving.
Go‘sht, baliq, tuxum va sut mahsulotlarini yetarli darajada pishiring.
Tez buziladigan oziq-ovqatlarni muzlatkichda saqlang.
Ko‘cha sharoitida tayyorlangan, sifati noma’lum mahsulotlarni iste’mol qilishdan saqlaning.
Uy va oshxona jihozlarini toza tuting.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum