Mutaxassis tavsiyasi:Emlash — yuqumli kasalliklarning oldini olishda muhim

Mutaxassis tavsiyasi:Emlash — yuqumli kasalliklarning oldini olishda muhim

Sog‘liqni saqlash mutaxassislari ta’kidlashicha, emlash yuqumli kasalliklardan himoyalanishning eng samarali va xavfsiz usullaridan biridir.

Vaksinalar organizmda kasallikka qarshi immunitet hosil qilib, infeksiya tarqalishining oldini olishga yordam beradi.

Emlash nafaqat insonning o‘zini, balki uning oila a’zolari va atrofdagilarni ham himoya qiladi. Ayniqsa, bolalar, keksalar va surunkali kasalliklarga ega shaxslar uchun vaksinalar muhim ahamiyatga ega.

Mutaxassislar tavsiyasi:
✅Emlash taqvimiga rioya qiling.
✅Farzandlaringizni o‘z vaqtida emlating.
✅Vaksinalar haqida ma’lumotni faqat ishonchli tibbiy manbalardan oling.
✅Savollaringiz bo‘lsa, shifokor bilan maslahat qiling.

Unutmang, emlash — sog‘lom kelajak va xavfsiz jamiyat sari muhim qadamdir.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum