Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi sohasidagi islohotlar: amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va qurilish ishlari

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi sohasidagi islohotlar: amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va qurilish ishlari

📌Mamlakatimizda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligini taʼminlash maqsadida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.Jumladan, hududiy boshqarmalar va tuman-shahar boʻlimlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy laboratoriyalar qurish va mavjud binolarni rekonstruksiya qilish ishlari izchil davom etmoqda.

📌Soʻnggi yillarda:
Zamonaviy sanitariya-gigiyena laboratoriyalari barpo etilmoqda;
Mavjud laboratoriya va maʼmuriy binolar kapital taʼmirlanmoqda;
Tibbiy va laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan yangi inshootlar foydalanishga topshirilmoqda;
Xodimlar uchun qulay mehnat sharoitlari yaratilmoqda;
Aholiga koʻrsatilayotgan sanitariya-epidemiologik xizmatlar sifati va tezkorligi oshirilmoqda.

📌Ushbu bunyodkorlik va qurilish ishlari sanitariya nazoratini yanada kuchaytirish, yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda aholining salomatligini muhofaza qilishga xizmat qilmoqda. Natijada tizimning samaradorligi ortib, jamoat salomatligini taʼminlash borasidagi imkoniyatlar kengaymoqda.

Sanepidqoʻmita Qarshi tuman boʻlimi Axborot xizmati

https://t.me/sanepidqom_qarshitum