Gepatit D (Delta gepatit) — jigarni zararlovchi virusli kasallik bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u faqat gepatit B virusi mavjud bo‘lganda rivojlanadi.
Gepatit D ning asosiy xususiyatlari:
🔹 Qo‘zg‘atuvchisi:
Gepatit D virusi (HDV).
🔹 Tarqalish yo‘llari:
Qon orqali (ifloslangan igna, tibbiy asboblar).
Himoyalanmagan jinsiy aloqa orqali.
Onadan bolaga homiladorlik yoki tug‘ruq vaqtida.
🔹 Belgilari:
Holsizlik, tez charchash.
Ishtahaning pasayishi.
Ko‘ngil aynishi, qusish.
O‘ng qovurg‘a ostida og‘riq.
Teri va ko‘z oqining sarg‘ayishi.
Siydikning to‘q rangga kirishi.
🔹 Xavfi:
Gepatit B ga qaraganda og‘irroq kechadi.
Tezroq jigar sirrozi rivojlanishi mumkin.
Jigar yetishmovchiligi va jigar saratoni xavfini oshiradi.
🔹 Oldini olish:
✅ Gepatit B ga qarshi emlanish.
✅ Steril tibbiy asboblardan foydalanish.
✅ Shaxsiy gigiyenaga rioya qilish.
✅ Himoyalangan jinsiy aloqa.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum