Oʻtkir yuqumli ichak kasalliklarining klinik belgilari

Oʻtkir yuqumli ichak kasalliklarining klinik belgilari

 

1. Ich ketishi (diareya)

Tez-tez va suyuq najas kelishi;
Qorin dam boʻlishi mumkin.

2. Qorin ogʻrigʻi va spazmlar

Qorin burab ogʻrishi;
Ichaklarda gʻuldirash;
Baʼzan kindik atrofida ogʻriq.

3. Koʻngil aynishi va qusish

Ovqat yegandan keyin qusish;
Holsizlik bilan kechishi mumkin.

4. Tana haroratining koʻtarilishi

Isitma;
Titroq va holsizlik;
Bosh ogʻrigʻi.

5. Suvsizlanish belgilari

Ogʻiz qurishi;
Chanqash;
Koʻz ichiga tushishi;
Siydik kamayishi.

Xavfli belgilar

Quyidagi holatlarda darhol shifokorga murojaat qilish kerak:
Najasda qon kelishi;
Toʻxtovsiz qusish;
Kuchli suvsizlanish;
Yuqori isitma;
Bola juda lanj boʻlib qolishi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum