Biologik faol qoʻshimchalarni (BFQ) shifokor tavsiyasisiz qabul qilish xavfli!
Shifokor tavsiyasisiz BFQ qabul qilish quyidagi noxush holatlarga olib kelishi mumkin:
⚠️ Allergik reaksiyalar
⚠️ Yurak urishining tezlashishi
⚠️ Qon bosimining oshishi yoki tushishi
⚠️ Jigar va buyrak faoliyatiga zarar
⚠️ Oshqozon-ichak muammolari
⚠️ Gormonal buzilishlar
⚠️ Uyqusizlik va asabiylik
⚠️ Dori vositalari bilan salbiy ta’sirga kirishishi.
Ayniqsa quyidagi qoʻshimchalarga ehtiyot bo‘ling:
❌ Ozdiruvchi vositalar
❌ Mushak oshiruvchi preparatlar
❌ “Tez natija” va’da qiluvchi mahsulotlar
❌ Tarkibi noma’lum internet mahsulotlari
Esda tuting:
✅ BFQ — dori vositasi emas
✅ Har bir organizm individual
✅ Mutaxassis tavsiyasisiz qabul qilish sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkin
✅ Mahsulot tarkibi va sertifikatiga e’tibor bering
Tavsiya:
👨⚕️ Har qanday biologik faol qo‘shimchani qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish zarur.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum