O‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining kelib chiqish sabablari

O‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining kelib chiqish sabablari

O‘tkir yuqumli ichak kasalliklari bakteriya, virus va parazitlarning organizmga tushishi natijasida kelib chiqadi. Kasallik ko‘pincha gigiyena qoidalariga rioya qilinmaganda tarqaladi.

Asosiy sabablar:

🦠 Iflos qo‘l:
Qo‘lni ovqatdan oldin yuvmaslik;
Hojatxonadan chiqqandan keyin qo‘l yuvmaslik.

💧 Toza bo‘lmagan suv:
Qaynatilmagan suv ichish;
Ariq, hovuz yoki noma’lum manbadagi suvdan foydalanish.

🍎 Yaxshi yuvilmagan meva va sabzavotlar:
Mikroblar va parazitlar ovqat orqali organizmga tushadi.

🍗 Sifatsiz yoki buzilgan oziq-ovqat:
Eskirgan mahsulot iste’moli;
Go‘sht, sut, baliq mahsulotlarini noto‘g‘ri saqlash.

🪰 Pashsha va hasharotlar:
Mikroblarni ovqatga yuqtiradi.

🧴 Sanitariya-qoidalariga amal qilmaslik:
Ovqat tayyorlash joylarining iflosligi;
Idish-tovoqlarning yaxshi yuvilmasligi.

👨‍👩‍👧 Kasal odam bilan yaqin muloqot:
Ayrim ichak infeksiyalari bir kishidan boshqasiga yuqadi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum