Gijja kasalligidan saqlaning!

Gijja kasalligidan saqlaning!

Gijja (gelmint) kasalliklari iflos qoʻl, yuvilmagan meva-sabzavot, toza bo‘lmagan suv va yaxshi pishirilmagan ovqatlar orqali yuqadi.

📌Asosiy belgilari:

Qorin ogʻrigʻi;
Ishtaha yoʻqolishi;
Holsizlik;
Ozib ketish;
Koʻngil aynishi;
Bolalarda bezovtalik va tunda tish gʻichirlatish.

Kasallikning oldini olish uchun:

✅ Ovqatdan oldin va hojatxonadan keyin qoʻllarni sovun bilan yuving;
✅ Meva va sabzavotlarni yaxshilab yuving;
✅ Faqat toza va qaynatilgan suv isteʼmol qiling;
✅ Goʻsht va baliq mahsulotlarini yaxshi pishiring;
✅ Tirnoqlarni doimo ozoda saqlang;
✅ Bolalarning gigiyenasiga alohida eʼtibor bering.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum