Virusli gepatit A — “kir qoʻllar kasalligi”

Virusli gepatit A — “kir qoʻllar kasalligi”

Virusli gepatit A — jigarni zararlovchi yuqumli kasallik bo‘lib, asosan iflos qoʻllar, toza bo‘lmagan suv va oziq-ovqat orqali yuqadi. Shu sababli u xalq orasida “kir qoʻllar kasalligi” deb ataladi.

Kasallik qanday yuqadi?

❌ Yuvilmagan qoʻllar orqali;
❌ Iflos suv isteʼmol qilganda;
❌ Yaxshi yuvilmagan meva-sabzavotlardan;
❌ Sanitariya qoidalariga rioya qilinmaganda;
❌ Kasallangan odam bilan yaqin muloqotda.

Asosiy belgilari

⚠️ Holsizlik va tez charchash;
⚠️ Ishtaha yoʻqolishi;
⚠️ Koʻngil aynishi, qayt qilish;
⚠️ Qorin ogʻrigʻi;
⚠️ Tana haroratining koʻtarilishi;
⚠️ Koʻz va terining sargʻayishi.

Oldini olish choralari

✅ Qoʻllarni sovun bilan tez-tez yuvish;
✅ Faqat toza va qaynatilgan suv ichish;
✅ Meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvish;
✅ Shaxsiy gigiyenaga rioya qilish;
✅ Ovqatlarni toʻgʻri saqlash;
✅ Gepatit A ga qarshi emlanish.

Unutmang!
🧼 Oddiy qoʻl yuvish ko‘plab kasalliklarning oldini oladi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum