Zahm kasalligi etiologiyasi va kasallikning rivojlanish mexanizmi
Zahm (sifilis)— tizimli va surunkali yuqumli kasallik bo’lib, uning paydo bo’lishiga o’ziga xos mikroorganizm sabab bo’ladi.
Kasallik qo’zg’atuvchisi (Etiologiyasi)
Zahm kasalligini Oq treponema (Treponema pallidum) deb nomlanuvchi mikrob qo’zg’atadi. U 1905-yilda olimlar Fritz Shaudin va Erich Xoffman tomonidan kashf etilgan.
Kasallikning rivojlanish mexanizmi
Mikrob organizmga terining yoki shilliq qavatlarning kichik jarohatlari orqali kiradi. Organizmga tushgach, u tezda limfa tomirlari va qon oqimi orqali butun tana bo’ylab tarqaladi.
Muhim: Zahm — bu faqatgina teri kasalligi emas, balki butun organizmning (ichki a’zolar, asab tizimi va suyaklar) shikastlanishi bilan kechadigan jiddiy jarayondir.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum