Rovot MFYda aholi orasida  yuqumli va parazitar kasalliklarni oldini olish maqsadida targ’ibot ishlari olib borildi.

📌 Bugungi kunda mamlakatimizda aholining turmush darajasini yaxshilash, muammolarini joyida hal qilish maqsadida mahallabay ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Shu sababli Sanepidqoʻmita Qarshi tuman boʻlimi xodimlari tomonidan mahallabay ishlash tizimida Rovot MFYda aholi orasida  yuqumli va parazitar kasalliklarni oldini olish maqsadida targ’ibot ishlari olib borildi.

📌Jumladan:
📌Botulizmning oldini olish maqsadida aholiga uy sharoitida konservalangan mahsulotlarni to‘g‘ri tayyorlash va saqlash qoidalari tushuntirildi.
📌Bundan tashqari gijja kasalliklarining oldini olish maqsadida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, qo‘lni sovun bilan muntazam yuvish, oziq-ovqat mahsulotlarini toza saqlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
📌Virusli gepatit kasalligidan himoyalanish, xavfsiz ichimlik suvidan foydalanish, tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tish va emlashning ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.

Mahallabay ishlash tizimi orqali targ‘ibot ishlaridan qilingan maqsad:

♦️Aholini salomatligini ta’minlash.
♦️Yuqumli kasalliklarning oldini olish.
♦️Kasallikni erta aniqlash, epidemiya, pandemiyaga qarshi choralar ko’rish.
♦️Aholi bilan hamkorlikda ishlash.
♦️Kasalliklarni oldini olishda hamjihatlikni ta’minlashdan iborat.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum