🍄 Qoʻziqorinlar:

🍄 Qoʻziqorinlar: «Oʻsimlik goʻshti»mi yoki yashirin xavf? Hamma bilishi kerak boʻlgan maʼlumotlar! 🌍
Qoʻziqorinlar — tabiatning eng sirli va noyob neʼmatlaridan biridir. Ular na oʻsimliklarga, na hayvonlarga oʻxshaydi; ular alohida zamburugʻlar dunyosiga mansub.

Qoʻziqorinlarning foydasi:Nega ularni yeyish kerak?

Qoʻziqorinlar tarkibi boʻyicha oqsillarga juda boy boʻlgani uchun ularni koʻpincha «oʻsimlik goʻshti» deb atashadi.

•Vitaminlar xazinasi: Tarkibida B, D va PP vitaminlari koʻp. Shuningdek, kaliy, kalsiy, mis va rux kabi minerallarga boy.💊
•Kam kaloriyali:
Parhez qilayotganlar uchun ayni muddao.🥗
•Immunitetni mustahkamlaydi:
Ulardagi antioksidantlar saraton xavfini kamaytirishga va tana himoya tizimini kuchaytirishga yordam beradi.
•Miya faoliyati:
Baʼzi turlari xotirani yaxshilash va asab tizimini tinchlantirish xususiyatiga ega.🧠

⚠️ Diqqat:Zaharli qoʻziqorinlar!

Dunyoda 100 000 dan ortiq qoʻziqorin turi boʻlsa, shulardan faqat oz qismi yeyishga yaroqli.
•Xavfli oʻxshashlik:
Koʻp zaharli qoʻziqorinlar yeyishli turlariga juda oʻxshab ketadi. Masalan, «Oq qoraqurt» (Blednaya poganka) — eng xavfli zaharli qoʻziqorinlardan biri boʻlib, u shampinyonlarga oʻxshashi mumkin. ❌🍄
•Toksinlar:
Zaharli qoʻziqorinlardagi toksinlar jigar va buyraklarni bir necha soat ichida ishdan chiqarishi mumkin. 🚑

https://t.me/sanepidqom_qarshitum