🌡️ Gripp: Shunchaki shamollash emas!Kasallikning belgilari qanday?
Havo harorati oʻzgarishi bilan gripp va boshqa oʻtkir respirator virusli infeksiyalar (OʻRVI) koʻpayishi kuzatiladi.
Gripp — bu yuqori nafas yoʻllarining oʻtkir virusli kasalligi boʻlib, u oʻzining jiddiy asoratlari bilan xavflidir.
Gripp — virus tabiatli o’tkir infeksion respirator (nafas yo’llari) kasalligidir. Gripp virusi juda yuqumli — ya’ni, uning ko’p hollarda inson tanasiga kirishi kasallikning rivojlanishiga olib keladi. Kasallik tana haroratining ko’tarilishi bilan birga kechadi va ko’pincha 3-5 kundan umumiy holat yaxshilanadi.
Grippning asosiy belgilari:
🌡️Tana haroratining toʻsatdan 38-40°C gacha koʻtarilishi
💪Mushak va boʻgʻimlarda kuchli ogʻriqlar
😴Holsizlik va tez charchash
🧣Quruq yoʻtal va tomoq ogʻrigʻi
🤕Kuchli bosh ogʻrigʻi
https://t.me/sanepidqom_qarshitum