Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Qarshi tuman bo‘limida uzoq yillar davomida Dezinfeksiya va Parazitologiya boʻlimida samarali faoliyat yuritib kelgan Z.Kattayeva munosib ravishda nafaqaga chiqib, o‘z mehnat faoliyatini yakunladilar.
Z.Kattayeva o‘zining ko‘p yillik fidokorona mehnati davomida aholi salomatligini muhofaza qilish, yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish borasida salmoqli hissa qo‘shdilar.
Z.Kattayeva jamoada o‘zlarining kasbiy mahorati, mas’uliyati va insoniy fazilatlari bilan alohida hurmat qozonganlar.
Qarshi tuman bo‘limi jamoasi Z.Kattayevaga samarali mehnati uchun chuqur minnatdorlik bildiradi hamda ularga mustahkam sog‘lik, uzoq umr va oilaviy baxt,tinchlik-hotirjamlik tilaydi.
Hurmat bilan,
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Qarshi tuman bo‘limi
Sanepidqoʻmita Qarshi tuman boʻlimi Axborot xizmati
https://t.me/sanepidqom_qarshitum