🌿 “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi !”
Ushbu shior ostida yurtimizda o‘tkazilayotgan umumxalq hashari doirasida Sanepidqo‘mita Qarshi tuman bo‘limida ham keng ko‘lamli tozalik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Tadbir davomida hududni yanada obod qilish, atrof-muhitni toza saqlash hamda muassasa hududini ko‘rkam maskanga aylantirish maqsadida obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.
Shuningdek, tashkilot hududida 20 tup tok va 25 tup gilos ko‘chatlari ekilib, yashil hududni kengaytirish bo‘yicha amaliy ishlar bajarildi.
Bunday ezgu tashabbuslar atrof-muhitni asrash, hududlarimizni yanada obod va fayzli qilishga xizmat qiladi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum