yigʻilish tashkil etildi.

Sanepidqoʻmita Qarshi tuman boʻlimi majlislar zalida boʻlim boshligʻi A.A.Choʻliboyevich hamda Onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha boshliq oʻrinbosari O. Yangiyev,KTMP mudiri B. Dustmurodov tomonidan barcha oilaviy poliklinika,oilaviy shifokorlik punktlari mudirlari va bosh hamshiralari uchun yigʻilish tashkil etildi.



Yigʻilish davomida hozir kunda avj olayotgan Qizamiq kasalligi, uning kelib chiqish sabablari, yuqish yoʻllari, asoratlari,oldini olish chora-tadbirlari,vaksinatsiya jarayonlari haqida hamda tumandagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.Qizamiq kasalligiga qarshi emlash ishlarini samarali tashkil qilish,qizamiq kasalligi va uning asoratlari,profilaktikasi toʻgʻrisida aholiga tushuntirish-targʻibot ishlarini olib borish va emlashlarni oʻz vaqtida tashkil qilish toʻgʻrisida topshiriqlar berildi.

Sanepidqoʻmita Qarshi tuman boʻlimi Axborot xizmati

https://t.me/sanepidqom_qarshitum