Xurmo: Shirinlik va Salomatlik manbai!

Xurmo: Shirinlik va Salomatlik manbai!

🔸Xurmo — nafaqat mazali, balki juda foydali meva hamdir. Sharq mamlakatlarida xurmo «sahro noni» deb ataladi va uzoq vaqtdan beri ozuqaviy va shifobaxsh xususiyatlari uchun qadrlanadi.

🔸Xurmoning foydali xususiyatlari:

1. Energiya manbai:
⏩Xurmo tarkibidagi uglevodlar organizmga tez energiya beradi. Shuning uchun, xurmo sport bilan shug’ullanadigan odamlar va jismoniy faolligi yuqori bo’lganlar uchun ideal mahsulotdir.
2. Hazm qilish tizimining ishlashini yaxshilash:
⏩Xurmo tarkibidagi kletchatka hazm qilish tizimining normal ishlashini ta’minlaydi va qabziyatning oldini oladi.
3.Yurak-qon tomir tizimining ishlashini yaxshilash:
⏩Xurmo tarkibidagi kaliy yurak urishini normallashtirishga va qon bosimini pasaytirishga yordam beradi. Magniy esa qon tomirlarining elastikligini oshiradi va qon quyqalarining hosil bo’lishini oldini oladi.
4. Immunitetni mustahkamlash:
⏩Xurmo tarkibidagi vitaminlar va minerallar immunitetni mustahkamlaydi va organizmning kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini oshiradi.
5. Skelet tizimini mustahkamlash:
⏩Xurmo tarkibidagi kalsiy suyaklar sog’lig’ini saqlashda muhim rol o’ynaydi va osteoporozning oldini oladi.
6. Kamqonlikning oldini olish:
⏩Xurmo tarkibidagi temir qon hosil bo’lishida ishtirok etadi va kamqonlikning oldini oladi.
7. Asab tizimining ishlashini yaxshilash:
⏩Xurmo tarkibidagi B guruhidagi vitaminlar asab tizimining ishlashini yaxshilaydi va stressni kamaytirishga yordam beradi.
8. Homiladorlikda foydali:
⏩Xurmo homilador ayollar uchun foydali bo’lib, organizmga zarur bo’lgan vitaminlar va minerallarni yetkazib beradi, tug’ruqni osonlashtiradi va laktatsiyani yaxshilaydi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum