Virusli gepatitlar – virus tabiatli yuqumli kasalliklar hisoblanib, umumiy intoksikatsiya, sariqlik (yoki sariqliksiz), jigar zararlanishi va moddalar almashinuvining buzilishi bilan kechadi. “Virusli gepatitlar” termini ostida barcha virusli gepatitlar – A, B, C, D, va E lar yotadi.
Virusli gepatit – oʻtkir yuqumli kasallik bólib:
-jigar hujayralarining zararlanishi; -umumiy intoksikatsiya belgilari;
-teri va shilliq qavatlarning sargʻayishi; -peshobning toʻq sariq yoki „pivo“ga oʻxshash rangli bólishi;
-najasning oqimtir tusga (gilvata rangiga)kirishi;
— jigar, baʼzan taloqning ham kattalashishi bilan ifodalanadi.
Virusli gepatitlarning oldini olishda shaxsiy gigiyena qoidalariga bekamu-koʻst amal qilish, kasallikni oʻz vaqtida aniqlab, bemorni kasalxonaga yotqizish va u bilan yaqin boʻlganlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish hamda u tutgan idish-tovoq va buyumlarni dezinfeksiya qilish muhim. Kasallikning oldini olish maqsadida A va B gepatitlarga qarshi vaksinatsiya qilinadi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum