Virusli gepatit A — bu jigarni zararlovchi yuqumli kasallik bo‘lib, gepatit A virusi sababli kelib chiqadi. Ko‘pincha ifloslangan suv, oziq-ovqat yoki qo‘l gigiyenasiga rioya qilinmaganda yuqadi. Bu kasallik xalq orasida “sariq kasallik” yoki Botkin kasalligi deb ham ataladi.
Kasallik qanday yuqadi?
Ifloslangan suv yoki oziq-ovqat iste’mol qilganda
Yuvilmagan qo‘l orqali
Kasal odam bilan yaqin aloqada bo‘lganda
Sanitariya gigiyena qoidalariga amal qilinmaganda
Asosiy belgilari
Holsizlik va charchoq
Ishtahaning yo‘qolishi
Ko‘ngil aynishi, qusish
Qorin og‘rig‘i
Tana haroratining ko‘tarilishi
Ko‘z va terining sarg‘ayishi
Oldini olish choralar
Ovqatdan oldin va hojatxonadan keyin qo‘llarni sovun bilan yuvish
Qaynatilgan yoki toza suv ichish
Meva-sabzavotlarni yaxshilab yuvish
Shaxsiy gigiyenaga qat’iy rioya qilish
Sanitariya qoidalariga amal qilish
https://t.me/sanepidqom_qarshitum