» Vabo kasalligi profilaktikasi va epidemiologik nazorati» mavzusida oʻquv-seminar oʻtkazildi.

Sanepidqoʻmita Qarshi tuman boʻlimi majlislar zalida boʻlimning barcha xodimlari ishtirokida » Vabo kasalligi profilaktikasi va epidemiologik nazorati» mavzusida oʻquv-seminar oʻtkazildi.
✔️ Mazkur oʻquv mashgʻuloti boʻlim mutaxassisi Q. Qurbonov tomonidan olib borildi. Seminar davomida vabo kasalligining etiologiyasi, yuqish mexanizmlari va yoʻllari, klinik kechishi, laborator tashxis usullari hamda profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni tashkil etish masalalari atroflicha yoritildi.
✔️ Shuningdek, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash, kasallik oʻchoqlarida olib boriladigan dezinfeksiya tadbirlari hamda favqulodda holatlarda tezkor harakat qilish algoritmlari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
‼️ Oʻquv-seminar xodimlarning kasbiy bilim va malakasini oshirish, shuningdek, hududda yuqumli kasalliklarning oldini olish boʻyicha tizimli ishlarni yanada takomillashtirishga xizmat qildi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum