Uy sharoitida konserva tayyorlash notoʻgʻri usulda amalga oshirilsa, u hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Eng xavfli jihati — botulizm kasalligini keltirib chiqaruvchi Clostridium botulinum bakteriyasining ko‘payib ketishidir. Bu bakteriya havo kirmaydigan idishlarda, yetarlicha qaynatilmagan yoki sterilizatsiya qilinmagan mahsulotlarda tez rivojlanadi.
👉 Asosiy xavflar:
Idishda kislorod yetishmasligi tufayli zararli mikroblar ko‘payadi.
Konserva yetarli qaynatilmasa yoki qopqog‘i yaxshi yopilmasa, mahsulot buziladi.
Uy sharoitida sanitariya talablariga rioya qilinmasa, turli ichak infeksiyalari tarqaladi.
✅ Xavfsizlik uchun:
Konserva mahsulotlarini uyda tayyorlashdan iloji boricha tiyilish kerak.
Sotib olishda sertifikatlangan, zavodda ishlab chiqarilgan konservalarga afzallik berish kerak.
Uy sharoitida tayyorlangan konservalarni uzoq saqlash mutlaqo tavsiya etilmaydi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum