Transyogʻlar — sogʻliq uchun yashirin xavf!
Transyogʻlar — sun’iy qayta ishlangan yogʻlar boʻlib, ular ko‘pincha uzoq saqlanishi va ta’mni yaxshilashi uchun oziq-ovqat mahsulotlariga qoʻshiladi. Ammo bu moddalar inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Transyogʻlar qaysi mahsulotlarda uchraydi?
Fastfud va fri mahsulotlari;
Chips va krekerlar;
Margarin va arzon yogʻlar;
Tort, pishiriq va vaflilar;
Tayyor yarim fabrikatlar;
Qayta-qayta qizdirilgan yogʻda tayyorlangan ovqatlar.
Transyogʻlarning zararli ta’siri:
❌ Yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi;
❌ Qonda “yomon” xolesterin miqdorini ko‘paytiradi;
❌ Semizlik va diabet rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin;
❌ Immunitetni pasaytiradi;
❌ Bolalar organizmi rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi.
Oʻzingizni qanday himoya qilasiz?
✅ Fastfud iste’molini kamaytiring;
✅ Mahsulot tarkibini o‘qing;
✅ “Gidrogenlangan yogʻ” yozuviga e’tibor bering;
✅ Uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni tanlang;
✅ Yogʻni qayta-qayta ishlatmang.
Sogʻlom ovqatlanish — sogʻlom hayot garovi!
https://t.me/sanepidqom_qarshitum