“Toza qo‘llar – salomatlik garovi”
🧼 Qo‘lni toza tutishning ahamiyati:
1. Kasalliklarning oldini oladi. Har kuni yuzlab narsalarga tegamiz — eshik tutqichlari, pul, telefon, ovqatlar. Qo‘lni yuvmaslik mikroblarning og‘iz orqali tanaga kirishiga sabab bo‘ladi.
2. Bolalar salomatligini saqlaydi. Bolalar ko‘pincha qo‘lini og‘ziga soladi, shuning uchun gigiyenaga rioya qilish ularni infeksiyalardan himoya qiladi.
3. Jamoat joylarida yuqumli kasalliklarning tarqalishini kamaytiradi.
👐 Qo‘lni to‘g‘ri yuvish qoidalari:
1. Iliq suv va sovundan foydalaning.
2. Kamida 20 soniya davomida qo‘lning barcha qismini — barmoqlar oralig‘i, tirnoq osti va bilakni yuvish kerak.
3. Toza sochiq yoki quritgich bilan arting.
4. Ovqatdan oldin, hojatxonadan chiqqandan keyin, ko‘chadan kirganda va bemorga teggandan so‘ng albatta qo‘l yuvish kerak.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum