To’gri ovqatlanish haqida

#toʻgʻri ovqatlanish
Ovqatlanish — organizmning hayot faoliyatini taʼminlash, salomatlik va ish qobiliyatini saqlab turish uchun zarur oziq moddalarni oʻzlashtirish jarayoni. Kishi rejim bilan toʻgʻri ovqatlansa, kasalliklarga kamroq chalinib, ularni oson yengadi.
To’g’ri ovqatlanish borasida ko’plab nazariyalar mavjud va deyarli har kuni yangi ma’lumotlar paydo bo’ladi. Ularning ba’zilari go’shtni cheklash kerak desa, boshqa birlari faqat ma’lum bir mahsulotlardan iborat taomnoma har qanday kasalliklardan forig’ bo’lish kaliti deyishadi. Aslida inson tanasi juda murakkab tizimdir, uning normal ishlashi uchun u ham go’sht, ham sabzavotli taomlarni talab qiladi. Shu sababli to’g’ri ovqatlanish qoidalarini bilish juda muhim sanaladi.
Sog’lom odam uchun kuniga to’rt marta ovqatlanish eng oqilona hisoblanadi. Bunda ovqat hazm qilish tizimiga tushadigan yuk teng taqsimlanadi,oziq-ovqat yaxshiroq hazm boʻladi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum