Tayyor, yarim tayyor, xom oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda ularning “mahsulot qoʻshnichiligi”ga va harorat rejimiga rioya qilinishini ta’minlash.
1.Mahsulotlar «qo‘shnichiligi» qoidalari
Mahsulotlarni bir-biriga yaqin joylashtirishda ularning turi va tayyorlik darajasiga e’tibor bering:
📌Tayyor va xom mahsulotlarni ajrating:
Pishirilgan ovqatlar xom go‘sht, baliq yoki tuxum bilan yonma-yon turmasligi kerak. Xom mahsulotlardagi bakteriyalar tayyor ovqatga o‘tishi (kross-kontaminatsiya) mumkin.
📌Hidni inobatga oling:
Sariyog‘, pishloq va qaymoq kabi mahsulotlar kuchli hidlarni (masalan, baliq, sarimsoq yoki piyoz hidini) tez o‘ziga tortadi. Ularni germetik idishlarda saqlang.
📌Meva va sabzavotlar:
Ularni yuvilmagan holda, alohida qutilarda saqlash lozim. Ayrim mevalar (masalan, olma) etilen gazi chiqaradi, bu esa yonidagi sabzavotlarning tezroq chirishiga sabab bo‘ladi.
2.Harorat rejimi:Qaysi mahsulot qayerda?
Harorat mahsulotning buzilish tezligini belgilovchi asosiy omildir:
📌Tayyor ovqatlar:
+2°C dan +4°C gacha muzlatgichning yuqori javonlari;
📌Sut mahsulotlari:
+2°C dan +6°C gacha o‘rta javonlar;
📌Xom go‘sht va baliq:
0°C dan +2°C gacha Eng pastki javon (yoki muzlatkich)
📌Muzlatilgan mahsulotlar -18°C va undan past.
3.Saqlash bo‘yicha muhim tavsiyalar
📌Idish tanlash:
Yarim tayyor va pishgan mahsulotlarni qopqoqli shisha yoki oziq-ovqat plastik idishlarida saqlang.
📌Muzlatish qoidasi:
Go‘sht yoki yarim tayyor mahsulotlarni bir marta eritdingizmi, ularni qayta muzlatmang. Bu mahsulot sifatini buzadi va bakteriyalar ko‘payishiga yo‘l ochadi.
📌Yorliqlash:
Idishlar ustiga tayyorlangan yoki sotib olingan sanasini yozib qo‘yish «birinchi kelgan — birinchi ketadi» tamoyiliga amal qilishga yordam beradi.
Eslatma:Muzlatgich ichida havo aylanishi uchun mahsulotlarni o‘ta zich joylashtirmang.Havo aylansa, harorat bir xil saqlanadi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum