Ta’lim muassasalarida grippning oldini olish:

🛡️ Niqob taqish – gripp mavsumida odam gavjum joylarda, ayniqsa sinf va yo‘laklarda niqobdan foydalanish tavsiya etiladi.

🛡️ Masofani saqlash – dars va tanaffus vaqtida o‘quvchilarni haddan ortiq zich to‘planib qolmasligini ta’minlash.

🛡️ Sport va chiniqtirish mashg‘ulotlari – bolalarning chiniqishini ta’minlash, jismoniy faollikni oshirish.

🛡️ Ichimlik suvi gigienasi – maktablarda toza va xavfsiz ichimlik suvi bo‘lishi shart.

🛡️ Ota-onalar bilan hamkorlik – kasallangan bolani maktabga yubormaslik, uydagi davolanish choralarini to‘g‘ri tashkil qilish.

🛡️ O‘quv dasturiga gigiena saboqlarini kiritish – bolalarga qo‘l yuvish, yo‘tal yoki aksa urishda og‘izni yopish odatini o‘rgatish.

🛡️ Maktab oshxonasida sanitariya qoidalariga rioya qilish – taomlarni toza sharoitda tayyorlash va saqlash.

🛡️ Mutaxassislarni jalb qilish – gripp mavsumida shifokorlar tomonidan muntazam tibbiy ko‘riklar va nazorat o‘tkazish.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum