Suvchechak (Shamolchechak)

✔️Suvchechak (Shamolchechak) — gerpes oilasiga mansub Varicella Zoster virusi keltirib chiqaradigan o‘tkir virusli kasallik.

✔️Asosiy belgilari teri va shilliq pardalarda tiniq suyuqlik pufakchalari paydo bo‘lishini o‘z ichiga oladi.

✔️Kasallikdan keyin umrbod immunitet paydo bo‘ladi, ammo immunitet zaiflashganida, kasallik qaytadan yuqishi mumkin.

✔️Viruslar bemor yoʻtalganda, gapirganda, aksa urganda havo orqali sogʻ odamga oʻtadi.

✔️Inkubatsion davri 10—21 kun (koʻpincha 14 kun). Dastlab bolaning darmoni quriydi,temperaturasi 39—39,5° gacha koʻtariladi, yuziga, tanasining turli qismlariga toshma toshib, keyinchalik pufakchalarga aylanadi.

✔️Pufakchalar tiniq suyuklikka toʻla boʻlib, atrofi qizarib turadi. Ular aksari boshning sochli qismi, yuz, badan va oyoq-qoʻlga tarqaladi. Keyinchalik pufakchalar yorilib oʻrnida poʻst hosil boʻladi, 1—3 haftadan keyin poʻstlar tushib ketadi, oʻrnida chandiq qolmaydi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum