Sarimsoq piyozning foydali xususiyatlari
🧄 Sarimsoq piyoz qadimdan tabiiy shifo vositasi sifatida qoʻllanib keladi. U tarkibidagi vitamin va foydali moddalar tufayli organizm uchun juda foydali.
Asosiy foydalari:
✅Immunitetni mustahkamlaydi;
✅Organizmning shamollash va infeksiyalarga qarshi kurashishiga yordam beradi.
✅Yurak faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydi;
✅Qon bosimini meʼyorlashtirish va xolesterinni kamaytirishga yordam berishi mumkin.
✅Antibakterial xususiyatga ega.
✅Mikroblar va ayrim zamburugʻlarga qarshi tabiiy taʼsir koʻrsatadi.
✅Qon aylanishini yaxshilaydi
✅Tomirlar faoliyatiga ijobiy taʼsir qiladi.
✅Hazm jarayoniga yordam beradi
✅Ishtahani ochadi va ovqat hazm boʻlishini yaxshilaydi.
Vitaminlarga boy
✅Tarkibida C vitamini, B guruhi vitaminlari, temir, kaliy va antioksidantlar mavjud.
Eʼtibor berish kerak:
❗️ Sarimsoqni meʼyoridan ortiq isteʼmol qilish oshqozon achishishi, allergiya yoki qon bosimi pasayishiga sabab boʻlishi mumkin.
❗️ Oshqozon yarasi yoki gastriti bor insonlar ehtiyotkorlik bilan isteʼmol qilishi kerak.
📌Tavsiya:
Kuniga 1–2 dona sarimsoq piyoz isteʼmol qilish ko‘pchilik uchun yetarli hisoblanadi. Uni asal, limon yoki qatiq bilan ham isteʼmol qilish mumkin.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum