2024-yil 16-aprel kuni SEO va JS Qarshi tuman bo’limida Qarshi tuman Adliya bo’limining malakali xodimlari bilan birgalikda “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo’mitasi va uning tizimi korrupsiyadan holi tashkilot shiori ostida profilaktik tadbir o’tqazildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan yig’ilish raisi SEO va JS Qarshi tuman bo’limi boshlig’I I.b.Mashtinov yig’ilishni qisqacha kirish so’zi bilan ochib I. Mashtinov o’z so’zidan O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizm yaratish maqsadida 2017-yil 03-yanvardagi O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi №419-sonli Qonuni qabul qilinganligini eslatib o’tdi. Qonunga asosan bir qator normative-xuquqiy xujjatlarda korrupsiyaning oldini olish va bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar belgilanib, korrupsiya O’zbekiston davlati va jamiyat taraqqiyoti uchun eng jiddiy havf xatarlardan biri ekanligi, korrupsiya holatlarining har qanday ko’rinishlariga nisbatan murosasizmunosabatda bo’lishligi va unga qarshi kurashish barchaning eng ustuvor vazifasi ekanligini ta’kidlab o’tdi. Shuningdek I mashtinov o’z so’zida tashkilot xodimlari orasida, shu jumladan korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori bo’lgan lavozimlardagi xodimlar o’rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha targ’ibot tadbirlari doimiy ravishda o’tqazilishi odob-axloq komissiyalari tomonidan manfaatlar to’qnashuvini tartibga solish, xodimlarning huquqiy savodxonligini yanada oshirish korrupsiyaga chek qo’yish ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish kerakligini ta’kidlab o’tdi.
Seminar davomida I. Mashtinov so’zni Qarshi tuman Adliya bo’limi yuristi Jamshid Shukrullayevga berdi. Ma’ruzachi J.Shukrullayev o’z so’zida korrupsiya dunyo miqyosida xal etishi lozim bo’lgan global muammolardan biri ekanligini aytdi va ushbu illat xar qanday davlat va ja’miyatning siyosiy iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetqazib inson huquq va erkinliklarining poymol bo’lishiga olib kelishini eslatib o’tdi. Shu bois korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro axamiyat kasb etib jahon siyosatining muhim masalalari qatorida joy olganligini ta’kidladi. Ma’ruzachini seminar qatnashchilariga korrupsiya illatiga nimalar sabab bo’lishi mumkunligida to’xtalib o’tar ekan, xizmat davrida korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha o’z qatnashgan ayrim tadbirlar to’g’risida qisqacha ma’lumotlar berdi. Ma’ruzachi seminar qatnashchilariga ya’na bir bora ushbu ta’shkilotda ishlovchi barcha xodimlarni huquqiy onggi va xuquqiy ma’daniyatini yanada oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatlarni kuchaytirish, ushbu soxasidagi qonun buzulish xolatlari yuzasidan habar bergan shaxslarni himoya qilishni tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni joriy
Seminar ya’kunida so’z SEO vA JS Qarshi tuman bo’limi korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat tuzilmasi ma’sul xodimi D. Hakimovaga berildi. D. Hakimova o’z so’zida korrupsiya dunyo miqyosida xal etilishi lozim bo’lgan global muammolardan biriekanligini aytib o’tdi. Ushbu illat xar qanday davlat va ja’miyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bo’lishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan bo’lib, tashkilotning xar bir xodimi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga bo’ysunishi va ularni hurmat qilish odobi o’ta muhim vazifa ekanligini aytib o’tdi.
Masala yuzasidan Sanitariya-gigiena bo’limi mudiri A. Sherov, bakteriologiya laboratoriya mudiri D. Holmonova, bosh xisobchi B. Hudoyorov hamda kadrlar bo’limi noziri M. Qurbonovalar o’z fikrilarini bildirishdi. Seminar yakunida yig’ilish qatnashchilari tomonidan savollar berildi va savollarga yurist J. Shukrullayev tomonidan to’laqonli javoblar olindi. Yuqoridagi fikr muloxazalardan kelib chiqib yig’ilish
QAROR QILADI: