Sanepidqo‘mita hududiy boshqarmalari mutaxassislari uchun seminar tashkil etildi
‼️Avval xabar berilganidek, hududlarda Sanepidqo’mita, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Loyihalar xizmatlari boshqarmasi (UNOPS) bilan hamkorlikda Xalqaro tibbiy sanitariya qoidalari(XTSQ)ni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda “Yuqumli kasalliklarning elektron monitoring axborot tizimi” (YuKEM)ni amaliyotga joriy etish masalalariga bag‘ishlangan seminar-treninglar o‘tkazildi.
📌Navbatdagi o‘quv seminarida Sanepidqo‘mitaning Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Namangan, Farg‘ona, Sirdaryo va Toshkent viloyati boshqarmalarining tuman (shahar) bo‘limlari mutaxassislari ishtirok etdi.
🔰Seminarda Sanepidqo‘mita va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tizimida faoliyat yurituvchi malakali mutaxassis-trenerlar tomonidan ishtirokchilarga YuKEM tizimining funksional imkoniyatlari, undan samarali foydalanish tartiblari, shuningdek, amaliyotda uchrayotgan texnik va tashkiliy masalalar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
📝Mashg‘ulotlar jarayonida tizim bilan ishlashning amaliy jihatlari ko‘rgazmali tarzda namoyish etilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi. Seminar o‘zaro tajriba almashish va tizimni hududlarda samarali joriy etish yuzasidan muhim muloqot maydoniga aylandi.