Salomatlik guruhlari quyidagicha tasniflanadi:
❇️ I-guruh – sog‘lom shaxslar
Tana a’zolari va tizimlarida hech qanday kasallik belgisi yo‘q.
Surunkali kasalliklar aniqlanmagan.
Mehnat va jismoniy faollik cheklanmagan.
Sog‘lom turmush tarziga rioya qiladi yoki boshlagan.
Chora-tadbirlar: profilaktika, sog‘lomlashtirish, immunizatsiya, sog‘lom turmush targ‘iboti.
❇️ II-guruh – xavf omillariga ega shaxslar
Sog‘lom, ammo ayrim xavf omillari mavjud (semizlik, stress, kamharakatlik, noto‘g‘ri ovqatlanish, chekish, alkogol, oilaviy surunkali kasalliklar tarixi).
Kasallik yo‘q, biroq kelajakda kasallik rivojlanishi ehtimoli bor.
Chora-tadbirlar: xavf omillarini yo‘qotish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, individual profilaktika.
❇️ III-guruh – surunkali kasalliklarga chalingan, ammo kompensatsiyalangan
Surunkali kasalliklar aniqlangan, biroq ular nazorat ostida.
Hayot sifati nisbatan yaxshi, mehnatga layoqat saqlangan.
Chora-tadbirlar: davolash, dispanser nazorati, reabilitatsiya, sog‘lomlashtiruvchi muolajalar.
❇️ IV-guruh – og‘ir yoki dekompensatsiyalangan surunkali kasalliklarga ega
Kasalliklar og‘ir kechmoqda, tez-tez zo‘rayib turadi.
Mehnatga layoqat cheklangan yoki yo‘qolgan.
Qo‘shimcha tibbiy yordam, ijtimoiy ko‘mak talab etiladi.
Chora-tadbirlar: ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam, reabilitatsiya, psixologik yordam, parvarish.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum