#salomatlik
🍉Tarvuzning foydali xususiyatlari
🍉Ko‘pchiligimiz sevib iste’mol qiladigan tarvuzning biz bilgan va bilmagan ko‘plab foydalari bor. Quyida tarvuz haqida siz uchun qiziqarli va foydali bo‘lgan ajoyib ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz.
🍉Tarvuz sportchilarga koni foyda:
Tarvuz o‘zida L-sitrullin – aminokislotasi ko‘p bo‘lib, bu bo‘g‘imlar orasidagi og‘riqni to‘xtatadi. Agar mashg‘ulotdan keyin achish va og‘riq sezilishini xohlamasangiz, u holda mashg‘ulotdan avval yangi tarvuzning 1/3 qismidan tayyorlangan sharbatni ichish tavsiya qilinadi.
🍉Tarvuz po‘chog‘i va urug‘ini iste’mol qilish:
Albatta, bu gap sizga yoqimsiz tuyulgandir, ammo biz tarvuz po‘chog‘ini tashlab yubormasligingizni tavsiya qilamiz. Birinchidan, ular judayam mazali. Po‘choqlarni bir nechta kichik bo‘laklarga bo‘ling va limon, bodring va muz bo‘laklari bilan blenderga soling. Ta’bga ko‘ra shakar va ko‘katlar solishingiz mumkin. Natijada S, B1, B2, karotin, foliy va pantoten kislotalariga boy bo‘lgan ajoyib sharbat tayyor bo‘ladi. Tarvuz urug‘i teri holatini yaxshilaydi va yallig‘lanishga qarshi samarali vosita vazifasini o‘taydi. Bundan tashqari u temir, rux, oqsillarga boy.
🍉Tarvuz suvga boy:
Tarvuzni 91 foiz qismi suvdan iborat. Bundan tashqari u kam kaloriyali poliz mahsuloti hisoblanadi. 100 gr tarvuzda atigi 38 kaloriya mavjud.
🍉Tarvuz ko‘z va miya faoliyati uchun foydali
2 karch tarvuz iste’mol qilish sizning ko‘zingiz va fikrlash qobiliyatingiz uchun juda foydalidir. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tarvuzning mazali mevasida A va B6 vitaminlarining mavjudligi birinchidan ko‘zning turli infeksiyalardan himoya qilib, tiniq ko‘rishini ta’minlasa, ikkinchidan xotirani mustahkamlab, fikrlash tezligini oshiradi.
🍉Tarvuz ultrabinafsha nurlaridan himoyalaydi:
Inson organizmi ultrabinafsha nurlariga qarshi kurash olib borishiga bir nechta mahsulotlarni o‘rni beqiyosligi ilmiy jihatdan isbotlangan. Tarvuz ham aynan shu mahsulotlar qatoriga kiradi. Unda likopin moddasining mavjudligi turli nurlanishga qarshi kurashishda yordam beradi.
🍉Tarvuz tanadagi ortiqcha shlaklarni tozalaydi:
Tarvuz ovqat hazm qilish faoliyatini yaxshilaydi, yurak-qon tomir tizimi hamda buyrak va jigarni tozalaydi. Tanadan xolesterinni chiqarib tashlashga yordam beradi. Toshlar bilan bog‘liq muammolari bor bemorlarga tarvuzni ko‘proq yeyish tavsiya qilinadi.
🍉Tarvuzni zararli yoki zararsiz ekanini tekshiring:
Tarvuz eng bezarar poliz mahsuloti sanaladi. Chunki uning qattiq po‘stlog‘i turli zararli moddalarni tashqi muhitdan kirishiga yo‘l bermaydi. Ayniqsa so‘nggi yillarda tarvuzni yetishtirish bir muncha ortdi. Unda turli zararli moddalar bor yo‘qligini hamma ham bilavermaydi. Tarvuz «sog‘lom»ligini aniqlash uchun, tarvuzni mevasidan ozroq kesib toza suvga solamiz, suv biror soatlardan keyin rangida xiralik paydo bo‘lsa, unda hammasi joyida, agar solingan suv yorqin pushti, qizil va sap-sariq tusga kirsa, u holda tarvuzdan voz kechganingiz ma’qul.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum