🚫 Ruxsat etilmagan suv havzalarida choʻmilmang!
Yozgi issiq kunlarda salqinlashish istagi tabiiy. Ammo xavfsizlik hamisha birinchi oʻrinda boʻlishi kerak.
⚠️ Ruxsat etilmagan suv havzalarida:
Suv tubi nomaʼlum boʻlishi mumkin;
Kuchli oqim va chuqurlik xavfi mavjud;
Suv sifati sogʻliq uchun zararli boʻlishi mumkin;
Qutqaruvchilar va xavfsizlik vositalari boʻlmaydi.
✅ Faqat maxsus ajratilgan va nazorat qilinadigan choʻmilish joylaridan foydalaning.
Oʻzingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qoʻymang!
https://t.me/sanepidqom_qarshitum