#QR kod orqali baholang!

#QR kod orqali baholang!

Endi fuqarolar Sanepidqo‘mita faoliyatini QR kod orqali baholashi mumkin



‼️Korrupsiyaning oldini olish va xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tizimida maxsus QR-kod orqali baholash tizimi joriy etildi.

Endilikda fuqarolar Sanepidqo‘mita va uning hududiy boshqarma, tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni mobil telefon orqali QR-kodni skanerlab, tezkor va shaffof tarzda baholash imkoniyatiga ega.

Sanepidqo‘mita mas’ul xodimlari tomonidan  baholash natijalari muntazam tahlil qilinib, aholi tomonidan qoniqarsiz deb topilgan xizmatlar yuzasidan zarur choralar ko‘riladi. Mazkur tizim ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.

QR kod orqali Sanepidqoʻmita Qarshi tuman boʻlimi xizmatlarini baholang va oʻz fikrlaringizni bildiring.Sizning fikringiz biz uchun muhim!

Sanepidqoʻmita Qarshi tuman boʻlimi Axborot xizmati

https://t.me/sanepidqom_qarshitum