Qizilcha (Rubella) — bu oʻtkir yuqumli virusli kasallik boʻlib, asosan toshmalar, limfa tugunlarining shishishi va umumiy intoksikatsiya bilan tavsiflanadi.
1.Kasallikning yuqishi va belgilari
Qizilcha virusi havo-tomchi yoʻli orqali (aksirish, yoʻtalish yoki gaplashganda) yuqadi. Virus organizmga tushgandan soʻng, odatda 11 kundan 21 kungacha boʻlgan yashirin (inkubatsion) davr oʻtadi.
Asosiy alomatlari:
✅Toshmalar:
Mayda pushti dogʻlar koʻrinishida boʻlib, avval yuz va boʻyinda paydo boʻladi, soʻngra bir necha soat ichida butun tana boʻylab tarqaladi. Toshmalar odatda 2–3 kun davom etadi va iz qoldirmasdan yoʻqoladi.
✅Limfa tugunlarning kattalashishi:
Ayniqsa ensa va boʻyin orqasidagi linfo tugunlari shishadi va bosganda biroz ogʻriqli boʻladi.
✅Umumiy holsizlik:
Tana haroratining biroz koʻtarilishi (38°C gacha), burun bitishi, tomoq ogʻrigʻi va koʻzlarning qizarishi kuzatilishi mumkin.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum