Qizamiqni davolash va oldini olish.

Qizamiqni davolash
✍🏻Qizamiq bilan kasallangan bemorlar kasalxonaga yotqiziladi, ammo aksariyat hollarda ambulator sharoitida davolanish yetarli.Isitma davrida  yotish qatʼiy buyuriladi. Umuman olganda, qizamiqni davo unlash asoratlarni rivojlanishiga yo’l qo’ymaslik va simptomlarni yengillashtirishga qaratilgan.
Tanadan toksinlarni olib tashlashni tezlashtirish uchun ko’p miqdorda suyuqlik ichish kerak. Shuningdek, bemorlarga yorqin nurdan saqlanish, ko’z va og’iz gigiyenasini diqqat bilan kuzatib borish tavsiya etiladi. Issiqni tushiruvchi vositalar  va antigistaminlar, adaptogenlar, vitaminlar va interferon simptomatik va patogenetik davolash usullari sifatida ishlatilishi mumkin.
✍🏻Qizamiqni davolash paytida ko’plab meva va sabzavotlarni iste’mol qilish kerak. Go’shtli bulyonlarga, donli sabzavotli sho’rvalarga ruxsat beriladi. Ovqat issiq yoki sovuq emas, balki iliq bo’lishi muhim – aks holda tomoq og’rig’i kuchayadi. Xuddi shu sababga ko’ra, suyuq, yarim suyuq va maydalangan taomlar yeyish maʼqulroq.
Qizamiq uchun parhez
✍🏻Shifokorlar qizamiq uchun taqiqlangan mahsulotlar ro’yxatiga quyidagilarni kiritadilar:
-barcha yog’li va achchiq ovqatlar;
-qattiq go’sht;
-ziravorlar (xantal, murch  va qizil qalampir).
Qizamiqning oldini olish
✍🏻Aholining ko’p qismini qizamiq virusini yuqtirishdan saqlaydigan o’ziga xos profilaktika muntazam emlashdan iborat. Qizamiqqa qarshi birinchi emlash bolaning 12-15 oyligida amalga oshiriladi. Revaksinatsiya 6 yoshda amalga oshiriladi.
Emlashdan keyin qizamiq belgilari.
✍🏻Bolalarning 5-15 foizida  vaksina kiritilgandan so’ng qizamiq belgilari paydo bo’ladi:
yo’tal;
burun oqishi;
tana haroratining ko’tarilishi;
yuzdagi mayda toshma.
Ammo bu bola kasallik yuqtirib olgan degani emas. Barcha alomatlar bir necha kun ichida o’z-o’zidan yo’qoladi. Shu bilan birga, bolani boshqalardan ajratib qo’yish kerak emas, chunki bu yuqumli emas.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum