O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 122-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Qarshi tumanidagi 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida sanitariya minimumi bo‘yicha Sanepidqoʻmita Qarshi tuman boʻlimi majlislar zalida 2026-yilning 21-fevralida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
‼️ Mazkur tadbir davomida xodimlarga sanitariya-gigiyena qoidalari, yuqumli kasalliklarning oldini olish choralari, shaxsiy gigiyena talablari hamda dezinfeksiya tadbirlarini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
‼️ Mashg‘ulot yakunida ishtirokchilarning bilimlari mustahkamlanib, sanitariya talablari va epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum