Qarshi tumanida “Ezgulik shiorimiz-ma’rifat qurolimiz” shiori ostida aholi uchun manfaatli bo’lgan tadbirlar o’tkazildi.

Qarshi tumanida “Ezgulik shiorimiz-ma’rifat qurolimiz” shiori ostida aholi uchun manfaatli bo’lgan tadbirlar o’tkazildi.

10-aprel kuni Qarshi tumani hokimligi tomonidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamda Mudofa vazirligi hamkorligida tumanda “Ezgulik shiorimiz-ma’rifat qurolimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazildi.

Bunda:

“Salomatlik uchun 5 000 ming qadam” ommaviy yurish marafoni: (harbiy orkestr va Milliy gvardiya otliqlari ishtirokida), Marafon — 8:00 da Bunyodkor mahallasidan start oldi (Dilxush bazmlar markazidan) va tuman “Markaziy o’yingohi”ga qadar davom etdi.

Shundan so’ng, Markaziy stadionda “Armiyam — faxrim” shiori ostida harbiy chiqish namoyishlari va ko’rgazmalar o’tkazildi.

Bolalar uchun milliy o’yinlar va sport musobaqalari tashkil etildi.

Shuningdek, ishga kirish istagidagi fuqarolarimizni ish bilan ta’minlanishlari maqsadida “Mehnat yarmarkasi” hamda arzonlashtirilgan “Oziq-ovqatlar yarmarkalari” ham o’tkazildi.

Bundan tashqari sog’ligida muammosi bor aholi vakillari uchun malakali shifokorlarning chuqurlashitirilgan tibbiy ko’riklari ham tashkil etildi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum